19:05 / 05.06.2016
5026

Turkiya HHK kurd jangarilariga havodan zarba berdi

Kurdiston ishchilar partiyasining kamida 27 nafar jangarisi Turkiya Harbiy havo kuchlarining hujumi natijasida halok bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, Turkiyaning Eron va Iroq bilan chegarasi hududidagi kurd jangchilari bazalari bombardimon qilingan.

Shanba kuni Turkiyaning Xakkari viloyatidagi Shemdinli shahri hamda Iroq shimolidagi Gara tumani hududida havo zarbalari amalga oshirilgan.

Turkiya va bir qator mamlakatlarda KIP (Kurdiston ishchilar partiyasi) terroristik tashkilot sifatida hisoblanadi.

Top