16:06 / 06.06.2016
5869

2016 yil kosmetikasidagi eng samarali ingridiyent nomi ma'lum qilindi

2016 yilda kosmetikada eng keng tarqalgan ingridiyent aloe vera bo‘ladi. Bu haqida oziq-ovqat, kosmetika va farmatsevtika sanoatidagi samarali ingridiyentlar tahliliga bag‘ishlangan Future Market Insights (FMI) tashkilotining ma'ruzasi shundan dalolat beradi. Bu o‘simlikdan tayyorlanadigan tayyor mahsulot hajmi 60 720 tonnadan ortiqni tashkil etadi, deb xabar beradi Fashionmag.

Xomashyoning umumiy qiymati bu yil 1,6 million dollardan iborat bo‘ladi. Bu summa 2026 yilga borib 3,3 million dollarga yetishi taxmin qilinmoqda. Kosmetika sanoatida 2016 yilda tayyorlangan aloe veraning 45 foizidan ortig‘ini qo‘llash ko‘zda tutilmoqda, bu 2015 yildagiga nisbatan 6 foizga ko‘p demakdir. Bu o‘simlik va uning ekstraktlariga bo‘lgan qiziqish tabiiy organik kosmetikadan foydalanish trendi bilan bog‘liq. 

Aloe vera o‘simligi akne, turli yaralar va infeksiyalar, shuningdek artritlar va revmatizmni davolovchi farmatsevtik hamda kosmetik xususiyatlari bilan mashhur.

Top