10:34 / 06.06.2016
9705

Aqto‘bedagi davomli hujumlar terakt sifatida baholandi

Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Qosimjomart Tokayev Aqto‘beda 5 iyun kuni uyushtirilgan hujumlarni terakt sifatida baholadi.

"Ramazon arafasida Aqto‘beda terakt uyushtirilishi - bu banditlar to‘dasining haddan tashqari yovuz va shafqatsiz ekanidan dalolatdir. Ularni jazolash uchun eng qat'iy choralar ko‘riladi", deya yozgan u o‘z tvitterida.

5 iyun kuni  mahalliy vaqt bilan soat 2:00 atrofida Aqto‘bening 3ta tumanida otishmalar boshlandi.

Noma'lum shaxslar shahardagi ikkita qurol sotiladigan do‘konga hamda harbiy qismga hujumlar uyushtirdi. Ularning hujumi tufayli jami 6 kishi (3 nafar harbiy va 3 nafar tinch aholi vakili) halok bo‘lgan, 20dan ortiq kishi jarohatlangan.

Aksilterror amaliyotlar davomida 4 nafar jinoyatchi yo‘q qilingan, 7 kishi hibsga olingan.

Top