16:32 / 06.06.2016
4029

Qatarliklar Singapurda 2,5 mlrd dollar evaziga ofislar uchun 43 qavatli bino sotib oldi

Qatar Sports Investments fondi Singapurda amerikalik investorlardan (BlackRock) Square Asia Tower One nomli 43 qavatli ofis binosi sotib oldi. Bu xarid uchun rekord darajadagi 2,5 mlrd dollar to‘langan.

Qayd etilishicha, bu xarid Singapur ko‘chmas mulk bozori uchun burilish pallasi bo‘lishi mumkin. Bungacha Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bitta ko‘chmas mulk uchun buncha katta miqdordagi mablag‘ to‘lanmagandi.

FT nashrida yozilishicha, bu bino Singapurning iqtisodiy hududida joylashgan bo‘lib, maydoni 116 ming kv.m. Square Asia Tower One ijarachilari orasida Google va Citigroup ham bor.

Top