12:07 / 06.06.2016
3583

OAV: Yandeks Facebook hamkoriga aylanishi mumkin

Yandeks va Facebook hamkorlik qilishga oid muzokaralar o‘tkazmoqda, deb yozmoqda "Vedomosti" nashri Rossiya kompaniyasiga yaqin manbasiga asoslangan holda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap Facebook’ning rossiyalik a'zolari orasida Yandeksning turli mahsulotlarini targ‘ib qilish, shuningdek, reklama borasida ikkala kompaniya foydalanuvchilariga oid ma'lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish haqida bormoqda. 

Facebook uchun RFdagi mashhur mobil ilovalar, taksi chaqirish, mahsulotlar xarid qilish, kinoga chipta xarid qilish, aviachiptalar va mehmonxonalarga buyurtma berish kabi xizmatlarga qiziqish bildirmoqda. Yandeks esa, ayni xizmatlarning Facebook’dagi operatori bo‘lishi mumkin edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Facebook’ni tark etmagan holda Yandeks xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘lardi.

Top