10:06 / 06.06.2016
4889

O‘rtoqlik uchrashuvlari: Shvetsiya Uelsni yirik hisobda yengdi, Chexiya Janubiy Koreyaga yutqazdi

Shvetsiya terma jamoasi Yevropa chempionati arafasida Uelsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Stokgolmda kechgan uchrashuvda mezbonlar Emil Forsberg, Mikael Lustig va Yon Gvidettining gollari evaziga 3:0 hisobini qayd etishdi.

Bu ikki jamoa uchun ham Yevro-2016 arafasidagi oxirgi o‘yin edi. Uels terma jamoasi V guruhida Angliya, Rossiya va Slovakiyaga qarshi bahslar olib boradi.

Shvetsiya esa Ye guruhida Belgiya, Italiya va Irlandiya bilan birgalikda joy olgan.

Shu kuni Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Norvegiyani qabul qilib, irodali g‘alaba qayd etdi. Serbiya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Sloveniya Turkiyani qabul qilib, 0:1 hisobida yengilgan bo‘lsa, Chexiya Osiyo qit'asi vakili Janubiy Koreyaga o‘z maydonida 1:2 hisobida yutqazdi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
Shvetsiya - Uels - 3:0 (1:0)
Gollar: Forsberg, 40 (1:0). Lustig, 57 (2:0). Gvidetti, 87 (3:0).
Shvetsiya: Isaksson (Olsen, 46), Grankvist, Olsson (Augustinsson, 46), Lustig, Yuxansson, Chelstrem, Larsson, Forsberg (Ekdal, 61), Levitski (Durmaz, 61), Ibrahimovich (Kuyovich, 61), Berg (Gvidetti, 76).
Uels: Xennessi (Uord, 46), Ganter, Uilyams, Chester (Kollinz, 64), Teylor, Deyvis, Vogan (Edvards, 64), Remsi, King (Beyl, 64), Uilyams (Xuvs, 74), Vouks (Cherch, 73).

Belgiya – Norvegiya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 3 Lukaku, 1:1 – 21 King, 1:2 – 48 Berisha, 2:2 – 70 Azar, 3:2 – 73 Siman.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Lukaku, Denayyer (Siman, 66), Vertongen, Vittsel (Fellayni, 57), Nainggolan, Azar (Dembele, 84), de Bryuyne, Mertens (Oriji, 80), Lukaku.
Norvegiya – Nyuland, Forren, Xovland, Aleesami, Yuxansen (Yyenssen, 75), Svensson, Xenriksen, Selnes (Strannberg, 73), King (Serlot, 81), Diomande (Berisha, 66), Berisha (Fossum, 73).
Ogohlantirishlar: Lukaku (77), Svensson (78).

Serbiya – Rossiya – 1:1 (0:0)
Goly: Dzyuba, 85 (0:1). Mitrovich, 88 (1:1).
Serbiya: Stoykovich, Rukavina, Ivanovich, Milunovich, Raykovich (Maksimovich, 83), Milivoyevich (Zdjyelar, 90+3), Mladenovich (Toshich, 66), Gruich (Kolarov, 46), Tadich, Kostich (Jivkovich, 80), Mitrovich (Stoilkovich, 89).
Rossiya: Akinfeyev, Smolnikov (Shishkin, 62), V. Berezutskiy, Ignashevich, SHCHennikov (Torbinskiy, 76), Golovin (Ivanov, 60), Denisov (Glushakov, 51), Shatov (Shirokov, 75), Kokorin, Dzyuba, Smolov (Mamayev, 46).

Sloveniya – Turkiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Yilmaz.
Sloveniya – Belets, Struna, Yokich, Struna (Yovich, 58), Kampl, Vrxovets, Kurtich, Mevlya, Ilichich (Zayts, 77), Bezyak (Verbich, 46), Berich (Novakovich, 46).
Turkiya – Babajon, Balta, Erkin (Keybashi, 64), Genyul, Inan (Malli, 83), Tufan, Topal, Turan (Shahin, 74), O‘zyoqub (Shen, 46), Chalhano‘g‘li (Mor, 46), Yilmaz (Shaxan, 90).
Ogohlantirishlar: Yokich (50), Mor (56), Kurtich (59), Struna (77), Shen (77).

Chexiya – Janubiy Koreya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 26 Yun Bit Garam, 0:2 – 40 Xen Chjun Suk, 1:2 – 46 Suxi.
Chexiya – Chex, Kadlets (Suxi, 46), Kaderjabek (Limberski, 46), Gebre Selassi, Sivok, Pavelka (Plashil, 46), Darida, Rositski, Kreychi (Pudil, 71), Shural (Skalak, 46), Netsid (Shkoda, 79).
Yujnaya Koreya – Chon Son Ren, Kvak Txe Xvi, Chjan Xen Su, Li Yen, Kim Ki Xi, Chjun Vu Yun (Xon Chjon Xo, 82), Chju Se Chjon (An Guk Yen, 63), Yun Bit Garam (Li Chje Son, 63), Son Xyn Min (Lim Chxan Vu, 90), Xen Chjun Suk (Xvan Iy Chjo, 88), Chji Don Von (Ki Son Yen, 90).
Ogohlantirishlar: Gebre Selassi (25), Sivok (56), Darida (67), Chji Don Von (69).
Chetlatish: Gebre Selassi (60).

Top