15:45 / 06.06.2016
3702

WSJ: AQSh Oyga birinchi xususiy missiyaning chiqarilishiga ruxsat berishi mumkin

Amerika hukumati Oyga ilk xususiy missiya chiqarilishiga izn berishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.

Ta'kidlanishicha, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash keyingi yilda missiya chiqarishni rejalashtirayotgan Moon Express startapi yo‘lidagi eng katta to‘siqni barataraf qiladi. Kompaniyaning mansabdor shaxslari tomonidan bir necha urinishlar hamda turli federal agentliklar o‘rtasidagi yuqori darajali muhokamalardan so‘ng WSJ startapni "missiyasini tasdiqlash"ga yaqin ekanligini ma'lum qildi. 

Gap tarixdagi birinchi xususiy missiyani qo‘llab-quvvatlash haqida emas, ilk tijorat kosmik korxonalarining qonun va diplomatiya nuqtai nazaridan kosmosni tadqiq qilish sohasida uzoq muddatli xalqaro kelishuv tajribasi to‘g‘risida hamdir. 

Bu qo‘llab-quvvatlash xususiy kosmik tashabbuslar to‘lqinini yuzaga keltiruvchi pretsedentlarni keltirib chiqarishi mumkin, asteroidlarning burg‘ilashidan tortib to kosmik chiqindining ko‘chishini kuzatishgacha, deb yozadi WSJ.

Top