14:53 / 07.06.2016
4741

Berluskoni kasalxonaga tushib qoldi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Milandagi kasalxonalardan biriga joylashtirildi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, bunga 79 yoshli siyosatchining yuragidagi muammo sabab bo‘ldi. Uning avholi hozirda barqarorlashgani aytilmoqda.

U bir necha kun davomida shifoxonada qolishi aytilmoqda.

Berluskoni 1994-1995, 2001-2006 va 2008-2011 yillarda Italiya bosh vaziri lavozimlarida ishlagan.

U Italiya hukumati tepasida turish bo‘yicha faqat Benito Mussolini va Jovanni Jolittidan kamroq natija ko‘rsatgan. Berluskoni ayni vaqtda muxolifatdagi "Olg‘a, Italiya" partiyasi rahbari hisoblanadi.

Bundan tashqari, u Italiyaning eng badavlat kishilaridan biri sanaladi. U sug‘urta kompaniyalari, banklar hamda media sohasidagi kompaniyalarda katta aktivlarga ega. "Milan" xo‘jayining boyligi 2011 yili Forbes jurnali tomonidan 7,8 milliard dollarga baholangan.

Top