21:57 / 07.06.2016
4438

BMT: O‘rta Yer dengizini kechib o‘tishga urinishda halok bo‘lganlar soni 2014 yildan beri 10 mingdan oshdi

2014 yildan beri O‘rta Yer dengizini kechib o‘tishga urinishda halok bo‘lganlar soni 10 ming kishidan oshdi. Bu haqda AFP axborot agentligiga BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasida ma'lum qilindi.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda 3,5 ming o‘lim holati, 2015 yilda – 3,7 ming, 2016 yil boshidan esa 2,8 ming o‘lim holati qayd qilingan.

Avvalroq Xalqaro migratsiya tashkilotida ma'lum qilingandek, Yevropa mamlakatlariga 2016 yil boshidan O‘rta Yer dengizi orqali 205 mingdan ko‘proq muhojir va qochqinlar yetib kelgan. Ulardan katta qismi, ya'ni 156 mingi Gretsiyada, 37 mingi Italiyada, 1063 nafari Ispaniyada va 28 nafari Kiprda qo‘nim topgan. 

Top