23:29 / 07.06.2016
5360

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchixonasining ishonchli vakilini suhbatga chaqirdi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchixonasining ishonchli vakilini bundestag deputatlari tomonidan 1915 yilda Usmon imperiyasida armanlar genotsidini tan olishga  turk hukumatining munosabati haqida suhbatlashgani chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Suhbat chog‘ida gap Germaniya va Turkiya o‘rtasidagi an'anaviy yaqin va ishonchli munosabatlar haqida ketdi va nemis deputatlarining oxirgi gaplari bunga mos kelmasligi va noto‘g‘ri qabul qilingani ta'kidlab o‘tildi", deb aytildi tashqi ishlar vazirligida.

Jumladan, gap Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning "armanlar genotsidi tan olinishi haqidagi rezolyutsiyani bundestagga ko‘rib chiqish uchun kiritgan nemis parlamenti deputatini turk millati qoniga mos kelishini tekshirish" taklifi haqida ketmoqda, chunki rezolyutsiya loyihasi muallifi turk millati ildizlariga ega.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning armanlar genotsidi haqidagi rezolyutsiya bo‘yicha e'tirozlarini tushunarsiz deb aytgandi.

Top