12:28 / 08.06.2016
10366

Aqto‘be yaqinidagi yozgi oromgoh qo‘riqchilariga hujum qilindi

Noma'lum shaxslar 8 iyun kuni tongida Aqto‘be viloyati hududidagi yozgi oromgohga hujum qilishgan. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Vladimir Jumakanov ma'lum qildi. Bu haqda Kapital.kz xabar bergan.

"Bugun mahalliy vaqt bilan soat 8:06da oq rangli Lada avtomobili oromgoh oldida to‘xtagan va undagi kishilar silliq stvolli miltiqlardan qo‘riqchilarni o‘qqa tutgan", deya ma'lumot bergan Jumakanov mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev bilan suhbatda.

Bu hujum qidiruvda bo‘lgan ektremistlar tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda.

Bundan oldinroq, Aqto‘beda 5 iyun kuni sodir etilgan teraktlar ijrochilaridan yana biri qo‘lga olingani, 6 nafar ekstremistni qidirish ishlari davom ettirilayotgani haqida xabar berilgandi.

MXQ vakili bilan suhbat vaqtida Nazarboyev barcha jangarilarni bartaraf etishga ko‘rsatma bergan.

Top