11:06 / 08.06.2016
7989

Britaniya floti rus suv osti kemasini payqab qolganini ma'lum qildi

Qanotli raketalar tashishga mo‘ljallangan Rossiya suv osti kemasi Shimoliy dengizda ushlangan, deb xabar bermoqda Sky News. U NATO kuchlari tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ayni damda Britaniyaning HMS Kent katta kemasi tomonidan kuzatuvda olib ketilyapti. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Qirollik harbiy dengiz kuchlarining xabar berishicha, gap Kilo sinfiga mansub bo‘lgan 877 «Paltus» yoki «Varshavyanka» loyihasi haqida bormoqda.

HMS Kent kemasining qo‘mondoni Daniel Tomasning ma'lum qilishicha, rus suv osti kemasi NATO kuchlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar natijasida qo‘lga olingan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday xatti-harakatlar qirollik harbiy-dengiz floti uchun odatiy holdir.

Top