23:25 / 08.06.2016
18889

Erkak va ayol miyasidagi yangi farq topildi

Stenford universiteti neyrobiologlari erkaklar va ayollar xulq-atvoridagi farq miya faolligida aks etishini ko‘rsatib berishdi. Bu yerda gap turli jinsga ega odamlarning har qanday muammoga o‘z yondashuvi borligini haqida ketmoqda, ular ikki jins vakillarining hamkorligi orqali hal qilinishi kerak. Mazkur tadqiqot Scientific Reports jurnalida nashr etilgan

Dastlab o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, erkaklar boshqalar bilan katta guruhlarda yaxshi hamkorlik qilishadi, ayollar esa boshqa ayollar nazorati ostida hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik qilishadi. Bundan tashqari ayollar va ularning jinsdoshlariga qaraganda erkak kishi boshqa bir jinsdoshi bilan osonroq til topishadi. Aralash juftlikda ayol erkakka nisbatan hamkorlikka ko‘proq intiladi. 

Faol hamkorlik qilayotgan erkak va ayolning miyasida nima sodir bo‘layotganini aniqlash uchun olimlar giperskanerlash texnologiyasiga murojaat qilishdi. Bu usul ikki kishining o‘zaro muloqot qilayotgan paytida ularning miyasi faolligini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotchilar magnit-rezonans tomografiyasi o‘rniga yaqin infraqizil sohada spektroskopiyadan foydalanishdi. 

Tadqiqotlarda jami 222 kishi ishtirok etdi, ularning har biriga hamkor belgilashdi. Juftliklar ikki erkak, ikki ayol yoki ikki jins vakillaridan iborat bo‘ldi. Har bir kishi hamkorining qarshisida kompyuter oldida o‘tirdi. Sinalayotgan juftlikka kompyuter ekranining rangi o‘zgarganda bir vaqtda tugmani bosish taklif qilindi. Har bir urinishdan so‘ng sinalayotgan kishilarga kim birinchi, kim esa sal keyinroq va qanday interval bilan tugmani bosgani haqida ma'lum qilib borishdi. 

Olimlar erkak juftliklar ayol juftliklarga nisbatan vazifani yaxshiroq bajarishganini, ammo har bir insonning miya faolligi juftlikda muvofiqlikning yuqori darajasini ko‘rsatishini aniqlashdi. Shunisi qiziqki, ikki jins vakillaridan iborat juftliklar ham xuddi erkak juftliklar kabi vazifani yaxshi uddalashdi, biroq ularning miyasida muvofiqlik kuzatilmagan.

Top