21:04 / 08.06.2016
5048

Keniyalik maymun mamlakatni elektr tokisiz qoldirdi

Keniyalik maymun butun bir mamlakatni elektr quvvatisiz qoldirdi. Bu haqda 8 iyun kuni Reuters xabar bermoqda.

Mamlakatning asosiy elektr uzatuvchisi bo‘lmish KenGen kompaniyasining ma'lum qilishicha, jonivor “Gtaru” GES binosi tomiga chiqib oladi va u yerda o‘zini ushlay olmay pastga qulaydi. U to‘g‘ri trnsformator ustiga kelib tushadi va buning natijasida elektr quvvati uzilib qoladi.  «Ushbu hodisa sababdan butun mamlakat bo‘ylab isrof bo‘lgan elektr manbai 180 megavattni tashkil etdi», — deyiladi ma'lumotda.

Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, ushub stansiya yovvoiy jonivorlardan himoya tariqasida turli o‘tib bo‘lmas to‘siqlar bilan o‘ralgan. Ammo bu maymun to‘siqlardan qanday o‘tganligi noma'lum. Kompaniyadagilarning xabar berishicha, voqea tafsilotlari mukammal o‘rganiladi.
Maymunning o‘zi esa tirik qolgan. Uni Kenya Wildlife Service jonivorlarni himoya qilish davlat tashkiloti olib ketgan.

Top