00:13 / 08.06.2016
17266

OAVda Yevro-2016’dagi eng qimmatbaho terma jamoa nomi aytildi

Germaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar ichida o‘yinchilarining umumiy qiymati eng qimmatbaho bo‘lgan terma jamoa bo‘ldi, deb yozmoqda Der Tagesspiegel gazetasi buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle nashri. 

Germaniya terma jamoasining 24 o‘yinchisining umumiy qiymati 562 mln yevroga baholandi.

Undan keyin Ispaniya termasi kelmoqda, u Germaniyadan bor-yo‘g‘i 4 mln yevroga ortda qolmoqda.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Fransiya (487 mln), Angliya (477 mln) va Belgiya (461 mln) egallamoqda. 

Bu boradagi eng past ko‘rsatkichlarga Vengriya (27 mln yevro), Shimoliy Irlandiya (36 mln  yevro) va Islandiya (42 mln yevro) ega.

Yevro-2016 Fransiyaning 10 ta shahrida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Avvalgi Yevropa chempionati 2012 yilda Ukraina va Polshada o‘tgan. O‘shanda Ispaniya terma jamoasi musobaqa tarixida uchinchi marta chempion bo‘lgandi.

Manba: tribuna.uz

Top