11:50 / 08.06.2016
5456

O‘zbekiston Mehnat vazirligi rahbari XMT bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston mehnat vaziri Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi. Shveytsariyaning Jyeneva shahrida tashkil etilgan 105-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XMTning yetakchi departamentlari rahbarlari ham qatnashdi, deya xabar qilmoqda Mehnat vazirligi axborot xizmati. 

Gay Rayder O‘zbekiston o‘zi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari doirasidagi majburiyatlarini bajarishda shaffof va tarafdor ekanligini, xalqaro mehnat standartlarini hayotga tatbiq qilishda sezilarli o‘sishga erishganini qayd etib o‘tgan. 

Mazkur jarayonda Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Savdo-sotiq palatasining mos ravishda Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi hamda Xalqaro ish beruvchilar tashkilotiga a'zo bo‘lgani muhim ahamiyat kasb etadi.

XMT rahbari tashkilot mehnat sohasida asosiy tamoyillarni amalga oshirish hamda bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish, ularni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlab o‘tgan.

Top