09:03 / 09.06.2016
5522

Amerika kubogi-2016. Braziliya Gaitini yirik hisobda yengdi, Ekvador va Peru uchrashuvida durang qayd etildi

Amerika Kubogining 2-turi doirasida Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarshi o‘ynadi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Pentakampeonlarning 7ta goliga gaitiliklar bir marta javob qaytara olishdi. Bu o‘yinda Koutino "xet-trik"ka erishgan bo‘lsa, Renato Augusto "dubl" qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Braziliya hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi. Gaiti esa ikkinchi marta mag‘lubiyat alamini tortdi va amalda turnirni tark etdi.

S guruhidagi ikkinchi juftlik bahsida g‘olib aniqlanmadi. Birinchi turda Gaitini yenggan Peru Ekvador bilan uchrashuvda 2ta to‘p ustunligi bilan oldinda bora turib, g‘alabani boy berdi.

Kueva va Floresning 5 va 13-daqiqalarda urgan gollariga 39-daqiqada Valensiya, 48-daqiqada Bolanos javob qaytardi - 2:2.

Endilikda guruhda Braziliya va Peru 4tadan ochko jamg‘arib, 1 va 2 o‘rinlarda joylashgan. Ekvador hisobida 2 ochko va bu jamoa keyingi turda guruh autsayderi va muddatidan oldin turnirni tark etgan Gaiti bilan o‘ynaydi. Braziliyani to‘plar nisbatidagi ustunlik tufayli keyingi turda Peru bilan o‘yindagi durang natija ham qoniqtiradi.

Amerika kubogi, "V" guruhi, 2-tur
Braziliya – Gaiti 7:1 (3:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 14 Koutino, 2:0 – 29 Koutino, 3:0 – 35 Renato Augusto, 4:0 – 59 Gabriel, 5:0 – 67 Lukas Lima, 5:1 – 70 Marslen, 6:1 – 86 Renato Augusto, 7:1 – 90 Koutino. 
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Jil, Filipe Luis, Kazemiro (Lukas Lima, 62), Villian, Elias (Uolas, 72), Renato Augusto, Koutino, Jonas (Gabriel, 46).
Gaiti – Plasid, Goro, Jyenevua, Jyerom, Jaggi, Aleksandr (Iler, 62), Alsena (Moris, 83), Marslen, Lafrans, Lui, Belfor (Nazon, 49).
Ogohlantirishlar: Goro (25), Kazemiro (38).

Ekvador – Peru 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 5 Kueva, 0:2 – 13 Flores, 1:2 – 39 Valensiya, 2:2 – 48 Bolanos.
Ekvador – Dominges, Achiler, Ayovi, Paredes (Ayovi, 46), Mina, Valensiya, Noboa, Grueso, Montero (Kasares, 88), Bolanos (Martines, 62), Valensiya.
Peru –    Galese, Rodriges, Ramos, Trauko, Oberg (Polo, 50), Revoredo, Tapiya, Vilches (Ruidias, 73), Kueva, Flores (Yotun, 79), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Grueso (12), Achiler (22), Vilches (52).
Chetlatish: Achiler (90).

Manba: tribuna.uz

Top