17:37 / 09.06.2016
5239

Xaker tvitterdagi 32,9 mln akkauntning login va parollarini sotuvga qo‘ydi

Tvitterning 32 mln nafardan ortiq foydalanuvchisi akkauntlariga oid ma'lumotlar sotuvga qo‘yildi. 

LeakedSource resursi tomonidan ma'lum qilinishicha, Tessa88 nikli xaker tomonidan sotuvga qo‘yilgan akkauntlarning katta qismi rossiyaliklarga tegishli. Narx 10 bitkoin, ya'ni 5 ming 800 dollar.

Bu akkauntlar pochta manzillari va parollarni (parol - shartlashilgan maxfiy so‘z) o‘z ichiga oladi.

Ma'lum qilinishicha, tvitter buzib kirilmagan, xaker uni dasturiy ta'minot asosida olgan.

Tekshiruvda ma'lum bo‘lishicha, tekshirib ko‘rilgan 15ta akkauntning barchasi haqiqiy bo‘lgan.

Top