12:46 / 09.06.2016
3804

Klinton “Respublikachilar Trampga qarshi” degan saytni ishga tushirdi

AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klinton “Respublikachilar Trampga qarshi” deb nomlangan saytni ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Politico.
Klinton ishga tushirgan saytda Donald Tramp nomzodini saylashni istamaganlar unga “Respublikachilar Trampga qarshi” degan yozuvi bor nakleykalar sovg‘a qilishi va'da qilingan.

Mana shunday nakleykalarni olish uchun zarur hujjatlarni to‘ldirishga to‘g‘ri keladi.

Nashrning ma'lum qilishicha, republicansagainsttrump.org sayti 27 may kuni ro‘yxatdan o‘tgan va 2 iyunda ishga tushirilgan.

Top