15:06 / 09.06.2016
7200

Qozog‘iston prezidenti beshinchi marotaba katta buva bo‘ldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev nevarasi Oysulton Nazarboyev qizli bo‘lgani munosabati bilan beshinchi marta katta buva bo‘ldi. 
Oysulton Nazarboyev o‘zining Feysbukdagi sahifasida ushbu quvonchli xabarni e'lon qilgan. 

Oysulton Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, prezidentning qizi Dariga Nazarboyeva hamda marhum Raxat Aliyevning o‘g‘lidir. Uning rafiqasi Alima "Qayrat" futbol jamoasi kuzatuv hay'ati raisi, Qozog‘istondagi "McDonalds" franshizalari egasi Qayrat Boranboyevning qizi hisoblanadi. 

Nazarboyevning rasmiy saytiga ko‘ra, Qozog‘iston rahbarining 3 qizi va 8 nafar nevarasi bor.

Top