10:52 / 09.06.2016
5610

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni bo‘lib o‘tmoqda

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasi uchun e'lon qilingan motam kuni boshlandi.

Motam munosabati bilan davlat muassasalarida bayroqlar tushirilgan, televideniye va radiolarda reklamalar to‘xtatilgan va ko‘ngilochar dasturlar bekor qilingan.

5 iyun kuni radikal oqim a'zolari Aqto‘bedagi ikkita qurol-aslaha do‘koniga va harbiy qismga hujum qilib, 7 kishini o‘ldirishdi. Otishmalar vaqtida jami 37 kishi turli darajada jarohat olgan. Jangarilarning 13 nafari aksilterror amaliyotlar natijasida yo‘q qilingan, yana 9 kishi qo‘lga olingan. Ayni vaqtda 6 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 8 iyun kuni Aqto‘be shahrida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari qurbonlari xotirasiga 9 iyunni mamlakat miqyosida milliy motam kuni deb e'lon qilish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagandi.

Nursulton Nazarboyev bu hodisalarda "rangli inqilob" alomatlarini payqaganini aytdi va guruh xorijdan ko‘rsatma olgani haqida gapirdi. U bu terakt ijrochilarining barchasini yo‘q qilishga ko‘rsatma bergan.

Top