09:23 / 09.06.2016
5631

Opera’ning kompyuter uchun yangi versiyasida batareya quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ldi

Opera’ning kompyuterlar uchun yangi muqobil versiyasida batareya quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ldi. Avvalroq texnologiya brauzerning dasturchilar uchun sinov versiyasida ishlatib ko‘rilgan edi. O‘tkazilgan test natijalari shuni ko‘rsatdiki, mazkur funksiya noutbuk avtonom ish vaqtini o‘rtacha 50 foizgacha uzaytiradi va bir vaqtning o‘zida uni qizib ketishidan himoya qiladi. Batareya zaryadini tejash bir qancha jarayonlarni optimallashtirish tufayli amalga oshirildi. Jumladan, muhim bo‘lmagan tizim vazifalarining soni qisqartirildi. Shunday bo‘lsa ham, brauzer avvalgidek maksimal tezlikda ishlashda davom etadi.  

Dasturchilar o‘tkazgan test sinovi , Opera’ning batareya zaryadini tejaydigan funksiyasi hamda reklamani bloklash bilan ishlaydigan so‘nggi versiyasida noutbuk Google Chrome brauzeriga nisbatan 50 foizgacha uzoqroq ishladi.  Bundan tashqari, noutbuk quvvatni faol tarzda iste'mol qilsa, qurilma qizib ketish holati kuzatiladi. Yangi funksiyali Opera noutbukning isish haroratini  3 darajagacha pasaytiradi. 

Ish jarayonida batareya quvvatini tejash funksiyasini akkumulyatordan noutbukka yoqish mumkin. Noutbuk kabeli uzilishi bilan qidiruv manzillari chizig‘i yonida batareya quvvatini tejash belgisi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi mana shu  belgini bosib, batareya quvvatini tejash rejimini ishga tushiradi. Shuningdek, brauzer o‘zi ham noutbuk zaryadi 20 foizdan kamayganida mazkur rejimni qo‘llashni taklif etadi. 


 

Top