08:01 / 09.06.2016
7288

Tennischi Sharapova sport faoliyatidan chetlatilgandan keyin unga yirik homiysi qaytdi

Rossiyalik tennischi, doping qabul qilganlikda ayblanib, 2 yilga sport faoliyatidan chetlatilgan Mariya Sharapovaning yirik homiylaridan biri, sport tovarlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi tennischi bilan shartnomani tiklashini aytdi. Bu tennischi meldoniy qabul qilgani uchun chetlatilganidan keyinoq sodir bo‘ldi.

"Katta dubulg‘a" musobaqalarining 5 karra chempioni meldoniy bilan bog‘liq mojaro markazida qolgan birinchi rossiyalik sportchi bo‘ldi. U bu dori vositasini taqiqlangan vositalar "qora ro‘yxatiga" tushganidan bexabar holda iste'mol qilib yurganini tan olgan. Shundan keyin Sharapovaning asosiy homiylari u bilan reklama shartnomalarini bekor qilishgan.

"ITF tribunali Mariya qoidalarni ataylab buzmagani bo‘yicha qaror qildi. Mariya har doim aniq fikriga ega bo‘lgan, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun uzr so‘ragan, endi esa diskvalifikatsiya yuzasidan shikoyat qilmoqchi", deb Nike vakilining so‘zlarini keltirib o‘tdi Wall Street Journal nashri.

Kompaniya vakili, shuningdek, tennischi yaqin orada yana kortga qaytishiga umid bildirdi.

Top