20:58 / 09.06.2016
6388

Toshkentda "Dori-Darmon" AK dorixonalarida infokiosklar paydo bo‘ldi

"Dori-Darmon" AK va "Kapitalbank" ATB dorixonalarda infokiosklarni o‘rnatish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda.

"Dori-Darmon" ma'lumotlariga ko‘ra, loyiha aholiga qo‘shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Infokiosklar yordamida xaridorlar mobil aloqa, internet, kommunal va shu kabi xizmatlar uchun ham plastik karta, ham naqd pul vositasida to‘lovlar amalga oshirishlari mumkin.

Bugungi kunda Toshkent bo‘yicha "Dori-Darmon" dorixonalarida bir nechta infokioskni o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Top