11:05 / 09.06.2016
12218

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi simyog‘ochga borib urildi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahar ko‘chalaridan birida simyog‘ochga borib urilgan avtobus surati qo‘yilgan post paydo bo‘ldi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 9 iyun tongda 53-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi Beshqayrag‘och dahasida simyog‘ochga kelib urilgan. Zarb kuchliligidan avtobus salonining yarmi zarar ko‘rgan. Voqea joyidan olingan suratni guruh foydalanuvchilaridan biri olgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida jabrlanganlar bor.

YTH sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyiga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yetib kelgan.

Top