10:10 / 09.06.2016
3711

O‘rtoqlik uchrashuvi. Portugaliya Estoniya bilan o‘yinda Ronaldu va Kuarejmaning dubllari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi

Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasidagi oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini Estoniyaga qarshi o‘tkazdi. Portugallar ushbu o‘yinda raqib darvozasiga javobsiz 7ta to‘p yo‘llashdi.

O‘yinda Krishtianu Ronaldu va Rikardu Kuarejma o‘z hisoblariga ikkitadan gol yozishgan bo‘lsa, Pereyra va Eder raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol qilishdi. Yana bir golni estoniyalik futbolchi Karol Mets o‘z darvozasi to‘riga kiritib qo‘ydi.

Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionatining F guruhida Islandiya, Avstriya va Vengriya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Portugaliya – Estoniya 7:0 (3:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 39 Kuarejma, 3:0 – 45 Ronaldu, 4:0 – 55 Danilu Pereyra, 5:0 – 61, Mets (avtogol), 6:0 – 77 Kuarejma, 7:0 – 80 Eder. 
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe (Karvalyu, 58), Gerreyru, Soaresh (Viyeyrinya, 46), Fonte, Moutinyu (Sanshesh, 58), Danilu Pereyra (Vilyam Karvalyu, 70), Kuarejma, Joau Mariu (Eder, 59), Andre Gomesh, Ronaldu (Nani, 46).
Estoniya – Londak, Baranov, Kallaste, Mets, Teniste, Antonov, Dmitriyev (Sappinen, 63), Kruglov (Marin, 66), Puri (Gusev, 87), Klavan (Raudsepp, 68), Aner (Vasilev, 70).
Ogohlantirish: Kallaste (87).

Manba: Tribuna.uz

Top