14:36 / 09.06.2016
11509

O‘zbekiston TIV Qozog‘istondagi motam munosabati bilan hamdardlik bildirdi

2016 yilning 9 iyun kuni Toshkent shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Elchixonasida Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu Hamdardlik kitobi Aqto‘be shahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bag‘ishlab mamlakatda milliy motam kuni e'lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan.

5 iyun kuni radikal oqim a'zolari Aqto‘bedagi ikkita qurol-aslaha do‘koniga va harbiy qismga hujum qilib, 7 kishini o‘ldirishdi. Otishmalar vaqtida jami 37 kishi turli darajada jarohat olgan. Jangarilarning 13 nafari aksilterror amaliyotlar natijasida yo‘q qilingan, yana 9 kishi qo‘lga olingan. Ayni vaqtda 6 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Mamlakatda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Top