07:20 / 10.06.2016
4371

ARD telekanalida namoyish qilingan doping haqidagi film muallifi rossiyalik jurnalistlarga tajovuz qildi

Germaniyaning ARD telekanalida namoyish qilingan, Rossiya sportidagi doping haqidagi film muallifi Xayo Zeppelt Rossiyaning VGTRK suratga olish guruhiga intervyu vaqtida hujum qilib qoldi. Bu haqda 9 iyunda "Chempionat" nashri xabar berdi. Voqea Kyolndagi mehmonxonalardan birida yuz berdi.                                 

Jurnalistni filmda keltirilgan holatlarni isbotlovchi hujjatlarni ko‘rsatish iltimosi g‘azablantirdi. U undan intervyu olayotgan rossiyalik jurnalistni noxolislikda ayblab, undan mikrofonni tortib olgan va suratga olish guruhini mehmonxona nomeridan chiqarib yuborgan. Zeppelt, shuningdek, operatorga tajovuz qilib, uning kamerasiga shikast yetkazgan.

Zeppelt rossiyalik jurnalistlar mehmonxonani tark etganlaridan keyin ham tinchimay, ularni yarim soat davomida ko‘chada taqib qilgan.

Rossiya sportida ommaviy ravishda doping qabul qilish haqidagi filmning 4-seriyasi ARD telekanalida 8 iyunda namoyish qilingandi. Bu gal filmda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko tanqidga uchradi. Film mualliflarining fikricha, Mutko shaxsan doping mojarosiga aloqador.

Top