18:24 / 10.06.2016
3642

Hindiston xavfsizlik nuqtai nazaridan Google Street View’ni vaqtincha to‘sib qo‘ydi

Hindiston hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chalarni ko‘rish xizmatini vaqtincha taqiqladi, deb yozmoqda Mashable.

Hindiston xavfsizlik agentligining xabariga ko‘ra, 2008 yili Mumbaydagi qo‘poruvchiliklar sodir etilganida, shaharning muhim inshootlari joylashuviga oid suratlardan foydalanilgan. Mamlakat hukumati, Google kompaniyasining Street View ilovasi ham xuddi shunday tahdidni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda. 

Vazirlar mahkamasi hukumat tomonidan ma'qullanmagan xaritalar va sun'iy yo‘ldosh suratlarini taqiqlovchi qonun loyihasini muhokama etganidan so‘ng, ushbu xizmatning taqdirini ham hal etadi. 

2011 yili politsiya Google Street View’ning Bangalor ko‘chalarini suratga olishini to‘xtatgan edi. Bunga ko‘chada jiddiy himoya qilinadigan binolar mavjudligi vaj qilib ko‘rsatilgandi. 2013 yili Google Street View xizmati Hindistonning 100 ta yodgorligiga oid suratlarni tayyorlagan edi.

Top