16:05 / 10.06.2016
4045

«Real» Pogbaga 5 yillik shartnoma taklif qildi

«Real» tomonidan «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba uchun berilgan taklif tafsilotlari ma'lum qilindi.

Sky Italia jurnalisti Janluki Di Martsioning saytida ma'lum qilinishicha, madridliklar klubi rahbariyati fransiyalik futbolchi Mino Rayolaning agenti bilan bir necha kun oldin Monte-Karloda uchrashib, muzokara o‘tkazgan.

«Real» bu yosh futbolchi uchun yiliga 10 million yevro to‘lashni nazarda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilgan.

Qayd etilishicha, tomonlar yaqin orada yana bir bor uchrashuv o‘tkazishadi.

Bundan oldinroq, madridliklar ushbu futbolchi uchun «Yuventus»ga 120 million yevrolik taklif bergani haqida xabar qilingandi.

Futbolchi uchun uning birinchi jamoasi  «Manchester Yunayted» jamoasidan ham jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top