19:04 / 10.06.2016
4587

Shifoxonaga yotqizilgan Berluskoni xotirjamligi va Xudoga tayanishini ma'lum qildi

Yurak sohasidagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni o‘zini xotirjam his etayotgani hamda yaratganga umid qilishini bildirdi. Bu haqida  Repubblica gazetasi xabar qildi.

"Men xotirjamman, Xudoga va shifokorlar mahoratiga ishonib, bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishga umid qilaman", - dedi Berluskoni. 

Kelgusi hafta o‘rtalarida uning yuragida jarrohlik operatsiyasi o‘tkaziladi va unda shikastlangan aorta klapani almashtiriladi.

Italiya bosh vaziri lavozimiga  to‘rt marta saylangan 79 yoshli Berluskoni 7 iyun kuni yurak sohasidagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Top