09:47 / 11.06.2016
6897

Xorazm viloyatida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 2016 yil 9 iyun kuni mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida 74 ta korxona va tashkilot o‘zlarida mavjud 570 ta bo‘sh ish o‘rini bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasi jarayonida 215 nafar fuqaroga mehnat sohasida huquqiy maslahatlar berilib, ular mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat sharoitlari tanishtirildi.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida 63 nafar fuqaroga doimiy ish bilan band bo‘lishlari uchun yo‘llanmalar berildi va ayni tadbir yo‘llanma olgan ish izlovchi fuqarolar bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzildi. 

Ishga joylashgan fuqarolar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ulardan 16 nafari yoshlar, 45 nafari kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, 21 nafari ayollar va 2 nafari chel eldan qaytib kelgan fuqarolardir.

Top