10:49 / 11.06.2016
4587

Liviya harbiylari Sirt portini IShIDdan ozod qilgani haqida bayonot berishdi

Liviya milliy birlik hukumatiga yaqin harbiy kuchlar Suriyaning Sirt shahri porti ustidan nazoratni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Jangovar amaliyot vaqtida 11 nafar harbiy halok bo‘lgan, 35 kishi jarohatlangan. Umuman, Sirtni qaytarish uchun o‘tkazilgan amaliyotlarda 100ga yaqin kishi qurbon bo‘lgan, 500 nafar odam yaralangan. 

Avvalroq Liviya harbiy kuchlari IShIDning Sirt yaqinidagi  aviabazasini qaytarib olgani va u yerda terrorchilik guruhining yetakchilaridan birini yo‘q qilgani xabar qilingan edi.

Top