00:02 / 11.06.2016
11923

Marselda rossiyalik, angliyalik va fransiyalik muxlislar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Yevro-2016 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Rossiya va Angliya terma jamoalari uchrashuvi oldidan Marselda rossiyalik, angliyalik va fransiyalik muxlislar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Mushtlashuv Marselning mayxonalaridan birida sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiya muxlislarga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda fransiyalik jurnalist Peter Allen. 9 iyunda ham ingliz va mahalliy muxlislar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top