11:20 / 11.06.2016
11841

Jizzax shahrida ixtisoslashtirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi

Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da joriy yilning 8 iyun kuni ixtisoslashtirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”  o‘tkazildi. Bu haqda Mehnat vazirli axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan yarmarkada viloyatning G‘allaorol, Jizzax, Zarbdor va  Paxtakor tumanlari hamda Jizzax shahri hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 259 ta korxona tashkilot va muassasa o‘zlarida mavjud bo‘lgan 1127 ta bo‘sh ish o‘rini bilan ishtirok etdi.

Ushbu tadbirga 564 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilindi. Ulardan  317 nafarini yoshlar, 259 nafarini kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 110 nafarini xotin-qizlar,  95 nafarini  sud qarori bilan axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan shaxslar, 10 nafarini chet davlatlarda ishlab qaytib kelgan shaxslar, 200 nafarini vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lmagan fuqarolar tashkil qildi.

Yarmarka natijalariga ko‘ra, 246 nafar ishsiz fuqaroga o‘zlari egallagan kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishga yo‘llanmalar berildi. Ulardan 127 nafarini yoshlar, 80 nafarini kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, 37 nafarini xotin-qizlar, 78 nafarini sud qarori bilan axloq tuzatish ishlariga jalb etilgan shaxslar, 5 nafarini chet davlatlarda ishlab qaytib kelgan shaxslar, 83 nafarini vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lmagan fuqarolar tashkil qildi.


Shundan 105 nafari o‘zlari egallagan kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha xalq ho‘jaligining turli tarmoqlariga ishga joylashtirildi.

Hududdagi korxonalar tomonidan taqdim etilayotgan ish joylarini erkin ravishda tanlash, mehnat shartnomalari tuzish, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha 318 nafarlariga huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan 2015-2016 o‘quv yilida o‘z biznesini ochish istagini bildirgan 30 nafar kasb-hunar kollej bitiruvchisiga kredit mablag‘lari olish uchun imtiyozli sertifikatlar va 2 nafariga beg‘araz yordam sifatida 2 dona tikuv mashinkasi berildi.

Yarmarkada milliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, 15 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga “hunarmand-kasanachi” etib “Hunarmand” uyushmasiga a'zolikka qabul qilishda amaliy yordam berish hamda ularga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida  xuquqiy maslahatlar berildi.

Top