15:21 / 12.06.2016
31818

Yerda inson omili bilan yuzaga kelgan 10ta qora tuynuk

Quyosh tizimidagi hech bir sayyora Yer kabi tabiiy omillari va lanshaftlarining xilma-xilligi bilan ajralib turmaydi. Gullagan vodiylar, qumli tekisliklar, qorli cho‘qqilar - bir necha million yil davomida tabiat mukammal manzara yaratdi. Biroq ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi rivojlangani sari landshaft inson faoliyati ta'sirida sezilarli o‘zgarishlarga duch kela boshladi - suv havzalarining qurishi, sahro maydonlariining kengayishi va yerda gigant tuynuklarning hosil bo‘lishi shular jumlasidandir. Quyida biz ochiq usulda foydali qazilmalarni qidirish natijasida yuzaga kelgan dunyodagi eng chuqur tuynuklarni yodga olamiz.

Ekati, Kanada

1998-2009 yillar oralig‘ida bu yerdagi yer kovaklaridan 40 million karat olmos qazib olingan. Hozirgi paytda kondagi ishlar yer ostidan amalga oshirilmoqda. Tuynukning aniq chuqurlik o‘lchami ma'lum emas. 

Dyavik, Kanada

Tuynuk 2003 yilda ochilgan. Bu yerda yiliga 1500 kilogramm olmos qazib olinadi. 2010 yildan bu ishlar yer ostidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu joyning ham chuqurlik o‘lchami aniq emas. 

Katta tuynuk, JAR

Tuynuk 1866-1914 yillar oralig‘ida qazilgan. Shu vaqt ichida bu yerdan 2722 kilogramm olmos qazib chiqarilgan. Tuynukning maydoni 17 gektardan iborat. Uning perimetri 1,6 kilometrga yetadi, eni esa - 463 metr. Bugungi kunda chuqurlik suv bilan to‘lgan.

Kalguri super pit, Avstraliya

Avstraliyadagi eng katta ochiq tuynuk o‘z ishini 1989 yilda boshlagan. Ko‘p yillar mobaynida eng yirik oltin tuynugi uzunasiga 3,5 kilometrga cho‘zilgan. Tuynukning yon tomonlaridan tubigacha bo‘lgan masofa 360 metrni tashkil etadi.

Grasberg, Indoneziya

Grasberg dunyodagi eng baland tuynuk hisoblanadi, u dengiz sathidan 4285 metr balandlikda joylashgan. Bu yerdagidagi qazish ishlari 1973 yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib tuynukning chuqurligi 480 metrga yetdi. 

Mir, Rossiya

1955 yilda ochilgan olmoslar makoni 2001 yilgacha ochiq usulda qazib olingan. 2009 yilda qazish ishlari yer osti konidan amalga oshirila boshlandi. Tuynukning chuqurligi 525 metr, diametri - 1,2 kilometr.

Udachniy, Rossiya

Yoqutiston shimolidagi olmoslar makoni shimoliy qutbdan 20 kilometr masofada joylashgan. 1982 yildan olmoslar ochiq usulda qazib olingan, 2014 yildan esa yer osti koni ishga tushdi. Tuynukning chuqurligi 585 metrdan iborat. 

Eskondida, Chili 

Ochiq kon Atakama sahrosining shimolida joylashgan. Bu yerdagi qazish ishlari 1990 yilda boshlangan. Ularning eng chuqurining uzunligi - 650 metr. 

Chukikamata, Chili

Bu mis rudasi qazib olinadigan dunyodagi eng katta ochiq kon. Bu msakandagi qazish ishlari 1915 yildan beri olib boriladi. Tuynuk markaziy Andning 2840 metr balandligida joylashgan. Tuynukning chuqurligi 850 metrni tashkil qiladi. 

Bingem-Kanon, AQSh

Bu yerdagi mis rudasini 1850 yilda topishgan va 13 yil o‘tib unda qazish ishlarini boshlashgan. 2008 yilgi holatiga ko‘ra, tuynukning chuqurligi 1,2 kilometr, eni 4 kilometr, maydoni esa 1900 akrga yetdi. Tuynukdan har kuni taxminan 450 ming tonna mis qazib olinadi.

Manba: xabardor.uz

Top