11:28 / 12.06.2016
4433

Kolumbiya Kosta-Rikaga yutqazdi, biroq Amerika Kubogi pley-offiga chiqdi

Amerika Kubogi guruh bahslarining yakunlovchi uchinchi turida Kolumbiya termasi musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishdan umidini uzgan Kosta-Rika termasiga mag‘lub bo‘ldi. O‘yin 3:2 natijasi bilan kosta-rikaliklar hisobiga hal bo‘ldi.
Kosta-Rika termasi uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Xoan Venegasning zarbasi bilan hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, kolumbiyalik futbolchi Frank Fabra hisobni tenglashtirdi. Ammo 34-daqiqada kolumbiyalik o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. 
58-daqiqada Selso Borxes kosta-rikaliklarning hisobini yiriklashtiradi – 3:1. 73-daqiqaga kelib kolumbiyalik futbolchi Marlos Moreno uchrashuvdagi so‘nggi golni kiritdi.
Amerika Kubogi
Kolumbiya – Kosta-Rika – 2:3
Gollar: Venegas, 2 (0:1); Fabra, 6 (1:1); Fabra, 34 (1:2, avtogol); Borxes, 58 (1:3); Moreno, 73 (2:3).
Ogohlantirish: Martines, 42 – Asofeyfa, 44; Pemberton, 83; Uoston, 88; Kempbell, 90+3.

Manba: Tribuna.uz

Top