19:52 / 12.06.2016
6535

Shifokorlar Shanxay aeroportidagi portlashni sodir etishda gumon qilingan kishining hayoti uchun kurashmoqda

Shanxaydagi xalqaro aeroportda portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinayotgan erkak ayni damda shifoxonada bo‘lib, uning hayoti ustida shifokorlar kurash olib bormoqda.

“Sinxua” agentligining ma'lum qilishicha, u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

Avvalroq aeroportdagi portlashning videosi e'lon qilingan edi. Erkakdan tashqari yana to‘rt kishi ushbu portlashdan jabrlangan.

Top