17:42 / 12.06.2016
35481

Uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol qo‘lga tushdi

Navbahor Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida tanishi Olloberganni ko‘rib qoldi. Keyin birorta joy topib, birga dam olishni rejalashtirishdi. “Tanish-bilishlaring bormi o‘zi? Hech bo‘lmaganda bir soatga joy kerak bo‘ladi”, dedi unga Ollobergan.

“Pul bo‘lsa changalda sho‘rva, deydilar. Puling bo‘lsa joy topiladi. Bir yarim oy oldin bir taksistdan so‘rab-surishtirib vaqtincha joy berib turadigan ayolning raqamini olgandim. Hozir o‘sha ayol bilan gaplashaman”,  deya Navbahor Mufassalga qo‘ng‘iroq qildi. Undan bir soatga tanishi bilan dam olishiga joy kerakligini tushuntirdi. 
O‘sha damda Mufassal ham pulga zoriqib yurganligi uchun o‘ylab ham o‘tirmasdan “Bir soatga 40.000 so‘m bo‘ladi”, deb aytdi. Navbahor uning aytgan narxiga rozi bo‘lib, Ollobergan bilan ayolnikiga yo‘l olishdi.

Mufassal ularni kutib olib, dam olishlari uchun oshxonada sharoit yaratib berdi. Navbahor buning evaziga Mufassalga aytilgan 40.000 so‘mni berdi. Ayol boshqa xonaga chiqib ketdi.
O‘sha kuni fuqarolik kiyimidagi IIB xodimlari ko‘p qavatli qavatli uyga kirib chiqayotganlarni kuzatib turganligi uchun shubhalangan xonadonning eshigini taqillatishdi. 
Eshikni Mufassal ochib, begona kishilarni ko‘rib ajablandi. IIB xodimlari hujjatlarini ko‘rsatib, uyda kimlar borligini so‘rashayotganligida to‘satdan Navbahor va Olloberganga ko‘zlari tushishdi. Ulardan bu yerda nima qilishayotganligini so‘rashdi. Navbahor uyalmasdan dam olgani kelganligini, bir soat uchun Mufassalga 40.000 so‘m berganligini aytdi. Ayol  pul zarur bo‘lib qolganligi uchun shu ishni qilganligini bo‘yniga oldi.

IIB xodimlari ikkita xolis ishtirokida Mufassaldan 40.000 so‘mni dalolatnoma asosida hujjatlashtirib olishdi.   
Mufassal uchta farzandini uyidan fohishaxona ochib boqsa, deya hayratdan yoqangni ushlaysan. Axir oyni etak bilan yashirib bo‘lmaydi-da. Shunday qilib sud Mufassal Abdujamolovaga eng kam oylik ish haqining 25 baravari, ya'ni 2.960.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi. Mufassal qo‘ni qo‘shnilari  va yaqinlari oldida isnodga qoldi.

Xonbibi XIMMAT kizi.
 

Top