18:10 / 13.06.2016
4020

Apple o‘yin pristavkalari bozoriga qaytmoqda

Bugun, 13 iyun kuni mobil texnologiyalari olamida ahamiyatli voqealardan biri bo‘lib o‘tadi. Apple kompaniyasi bir qator yangiliklarni namoyish etishi kutilayapti. Xususan, yangi iOS 10, OS X 10.12 (macOS) operatsion tizimi hamda bir nechta yangi qurilmalarini omma e'tiboriga havola etadi. 

Apple kompaniyasining dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo‘yicha vitse-prezidenti Kreyg Federigi o‘zining Twitter sahifasida qora kartondan yasalgan quti va o‘yin pristavkalarida uchratish mumkin bo‘lgan taniqli piktogrammalar aks etgan suratni joylashtirgan. 

Apple muxlislari, 1995 yili Apple o‘zining qisqartma shaklidagi Mac OS dasturida ishlovchi PowerPC 603e protsessoridagi Apple Pippin o‘yin qurilmasini taqdim etganini yaxshi eslashadi. Marketing noto‘g‘ri tashkil etilgani va raqobat to‘g‘ri baholanmagani bois, Pippin omadsizlikka yuz tutib, tezda do‘konlardan g‘oyib bo‘lgandi.

Top