22:10 / 13.06.2016
4018

Xorvatiya terma jamoasi Srna otasi o‘limidan keyin Chexiya bilan o‘yinda o‘ynashini kutmoqda

Otasining o‘limi sababli Xorvatiya terma jamoasini tark etgan jamoa sardori Dario Srna Yevro-2016 guruh bosqichining 2-turida Chexiyaga qarshi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam berishi kerak. Uchrashuv 17 iyunda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi Ante Mise ma'lum qildi, deb yozadi Tribuna.uz

"Dario yaqin kunlarda jamoaga qaytishi kerak. Hammasi uning kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi, biroq Srnani bilganim uchun, u qaytishga ulguradi va Chexiya bilan o‘ynaydi, deb ayta olaman. Jamoa vakillari bosh murabbiy Ante Chachich bilan birga Srna otasining dafn marosimiga tashrif buyurishadi va bugunoq ortga qaytishadi. Dario esa o‘zini tayyor deb hisoblaganda jamoaga qayta olishi mumkin", deb aytdi Mise.

Top