20:37 / 13.06.2016
30993

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining qo‘shnisi rafiqasiga 7500 dona atirgul sovg‘a qildi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining qo‘shnisi rafiqasiga 7500 dona atirgul sovg‘a qildi. Ushbu yirik guldastaning suratlari bir zumda ijtimoiy tarmoq  va internet saytlari  bo‘ylab tarqaldi.  Guldasta suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylagan fuqaro uni shunday izohlagan. 

-  “Bugun mening qo‘shnim o‘z rafiqasining tug‘ilgan kuniga mana shunday chiroyli guldastani sovg‘a qildi. Guldasta 7500 dona atirguldan iborat. Yashang, qo‘shni! Har bir ayolga mana shunday guldasta sovg‘a qilinishini tilayman!”. 

Narxi salkam 8 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu ulkan guldasta ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Top