16:52 / 13.06.2016
7277

KXDR: AQSh-Yaponiya-Koreya harbiy hamkorligi xavfli mohiyat kasb etmoqda

KXDR markaziy nashri "Nodon Sinmun" gazetasi Vashington - Seul - Tokio harbiy hamkorligining xavfli mohiyatiga e'tibor qaratgan. Nashrning uqdirishicha, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik bo‘yicha Singapurda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada "rasmiy Pxenyanga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishga oid qo‘shma bayonot bilan chiqishgan. Bundan tashqari, ular "Shimol" tahdidiga qarshi qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib olishgan. 

"Nodon sinmun"ning yozishicha, AQSh "KXDRga harbiy va siyosiy bosim o‘tkazish uchun Janubiy Koreya va Yaponiyadan foydalanishga urinmoqda. Shu bilan u Shimoliy Koreya hududiga bostirib kirmoqchi". Bundan tashqari, gazetada Janubiy Koreya hukumatining Yaponiya bilan harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi keskin tanqid qilingan. 

Joriy yilda, rasmiy Seul KXDR yadrosizlanish tomon qadam tashlasagina, harbiy darajada muloqotni boshlash mumkin, degan vaj bilan shimolning muzokaralar o‘tkazish taklifini bir necha marotaba rad etgan.

Top