08:39 / 13.06.2016
12244

Tramp Orlandodagi teraktdan keyin Obamani prezidentlikdan ketishga, Klintonni esa prezidentlik poygasidan chiqishga chaqirdi

AQSh prezidentiga nomzod Donald Tramp Orlandodagi fojiadan keyin AQSh prezidenti Barak Obamaga iste'foga ketishni, AQSh prezidenti lavozimiga kurashda asosiy raqibi Xillari Klinton esa prezidentlik poygasidan chiqishi lozimligini aytdi. Milliarder tegishli bayonotni o‘z saytida joylashtirdi

"Bugun Obama o‘z nutqida "radikal islom" deyishdan sharmandalarcha bosh tortdi. Shu sababgina u iste'foga ketishi kerak", deb aytdi Tramp. 

Avvalroq Tramp tvitterdagi mikroblogida mamlakat rahbariyatini zaif deb tanqid qilgandi. U, shuningdek, Orlandodagi teraktni "hali boshlanishi" deb aytdi.

Tramp aynan shu sababga ko‘ra Klintonni ham tanqid qildi.

"Agar Xillari Klinton hozirda ham bu iborani aytishga o‘zini majbur qila olmasa, unda prezidentlik poygasidan chiqishi lozim", deb aytdi Tramp.

12 iyunda Orlandodagi tungi klubda sodir etilgan otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralandi. Hujumni afg‘on millatiga mansub AQSh fuqarosi, 29 yoshli Omar Matin amalga oshirgan.

Top