14:13 / 14.06.2016
7042

14 iyun - Xalqaro blogerlar kuni tarixi

Har yili 14 iyun kuni butun jahon bo‘ylab Xalqaro blogerlar kuni nishonlanadi. Bu kunni bayram qilish g‘oyasi ilk bor 2004 yilda tug‘ilgan edi. Bir kunning o‘zida 40 mamlakatda faoliyat olib boruvchi 500 bloger o‘z bayramlarini, o‘z kunlarini nishonlashga qaror qilishgan va aynan shu kunni blogerlar kuni, deya e'lon qilingan.

Bu kun turli tillarda blog yurituvchi kishilarni o‘zaro birlashtiradi, ular o‘rtasida do‘stona munosabat shakllantiradi, butun Internet foydalanuvchilari bilan aloqalarini mustahkamlaydi. 

O‘zbekistonda ham har yili mana shu kun Xalqaro blogerlar kuni sifatida nishonlanadi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda blogerlar o‘rtasida chempionatlar ham o‘tkazib kelinadi. 

Xalqaro bogerlar kunidan tashqari 31 avgust kuni Blog kuni (original atalishi — Blog Day) ham o‘tkaziladi. Aynan shu kuni har bir bloger o‘z sahifasida turli mavzularga oid beshta kundalik e'lon qiladi.

Darvoqe, Blog kuni nega aynan 31 avgust kuni o‘tkaziladi? Bu g‘oya 2005 yilda tashkil etilgan. O‘shanda «blog» so‘zi raqamlashtirilganda 3108 raqamlari kelib chiqqan.

Top