14:02 / 14.06.2016
2851

Bartomeu «Barselona» a'zolari talab etsa, iste'foga chiqishga tayyorligini ma'lum qildi

«Barselona» jamoasi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu agar jamoa vakillari shuni istasa, iste'foga chiqishga tayyorligini bildirdi.

Bartomeu kataloniyaliklar klubining navbatdan tashqari yig‘ilishi chog‘ida shu haqda gapirgan.

Yig‘ilishda Neymarning 2013 yili «Santos»dan transfer qilinishi masalasi muhokama etilgan.

«Agar «Barselona» rahbariyati vakillari biz yomon ishlayotganimiz haqida aytsa, biz o‘z lavozimimizni tark etamiz. Biz soliq borasida xatoga yo‘l qo‘yganmiz, lekin bunday operatsiyada ko‘pchilik ishtirok etadi. Shuning uchun javobgarlikni bir kishi zimmasiga yuklash adolatdan emas», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Ispaniyadagi Sport nashri Tribuna.uz xabar bergan.

Bundan oldinroq, «Barselona» Neymarning transferidagi qoidabuzarlik uchun 5,5 mln yevro jarima to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Top