10:22 / 14.06.2016
4352

IShID Parij yaqinida politsiyachining qotilligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Parij yaqinidagi shaharda politsiyachining qotilligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Amaq axborot agentligi xabarida IShID jangarisi Myuro kommunasi yo‘l politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va uning rafiqasini o‘ldirgani aytilgan.

Avvalroq Parij yaqinidagi shaharda politsiyachini o‘ldirib, uning oilasini garovga olgan erkak IShIDga aloqasi borligi ma'lum qilingandi.

Voqea 13 iyunda kechi payt yuz bergan. Noma'lum erkak politsiyachini o‘ldirib, uning uyida qamalib olgan va politsiyachining rafiqasi va 3 yoshli o‘g‘lini garovga olgan. Keyinroq maxsus kuchlar jinoyatchi bilan muzokaralar natija bermagandan keyin uyni shturm qilishga qaror qilishgan. Shturm natijasida jinoyatchi yo‘q qilingan. Bundan avval jinoyatchi politsiyachining rafiqasini ham o‘ldirgan. Bola esa omon qolgan.

Top