12:17 / 14.06.2016
7795

Ispaniya termasi Yevro-2016 da yangi rekord o‘rnatdi

Ispaniya terma jamoasi Yevro-2016 doirasida Chexiya termasi bilan kechgan bahsda mayda hisobda bo‘lsada, g‘alaba qozondi – 1:0.

Ispaniya termasi Yevropa chempionatining qatorasiga oltinchi uchrashuvida gol o‘tkazib yubormayapti. U bu borada rekord qayd etdi. Uning gol o‘tkazib yubormagan uchrashuvlari vaqti 599 daqiqaga yetdi. So‘nggi bor jamoa 2012 yilda o‘tgan Yevropa chempionatida 10 iyun kuni Italiyaga qarshi kechgan uchrashuvda gol o‘tkazib yuborishgan edi. (1:1). 

Yevro final bosqichlarida “quruq” o‘yinlar o‘tgazgan termalarga Italiya (17), undan keyin esa Germaniya va Niderlandiya (15) kiradi. Ispaniyada bu borada 13 ta o‘yin bor.

Manba: Tribuna.UZ

Top