23:02 / 14.06.2016
4175

Italiyalik 80 yoshida o‘rta maktabni bitirishga qaror qildi

Italiyaning Brindizi shahridagi Leonardo da Vinchi nomidagi o‘rta maktab o‘quvchilari 13 iyunda o‘zining keksa yoshiga qaramasdan bitiruv imtiholarini topshirmoqchi bo‘lgan 80 yoshli Antonio Pulezeni parta ortida ko‘rib hayratlanishdi. 

Puleze 1935 yilda Italiyaning janubida oddiy dehqonlar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi frontga chaqirilgan va 6 yoshli Puleze oilasiga yordam berish maqsadida dalada ishlay boshlagan. Shu sababli u 5-sinfda maktabni batamom tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Antonio butun umri davomida qishloqda ishlagan va bundan hech ham achinmagan. "Hanuzgacha mening ishchi kunim tonggi soat 5dan boshlanadi va bu menga quvonch bag‘ishlaydi. Men har doim yerni yaxshi ko‘rganman va bu muhabbatim butun umrim davom etib kelmoqda", deb o‘z hayoti haqida BrindisiReport mahalliy onlayn-nashr jurnalistlariga gapirib berdi qariya. 

Qariya o‘zining yerga muhabbatini nafaqat 6 nafar farzandi va 9 nafar nabirasiga, balki Brindizi o‘quvchitlariga ham berishga qaror qildi. Oxirgi yillar u bolalar oldida nutq so‘zlab, ularga bog‘ o‘stirish yoki tomorqani yaratish haqida ma'lumot berib keladi. 

Aynan shu antiqa darslar davomida qariyaning miyasiga maktabni bitirish fikri kelib qoldi. Natijada qariya o‘zining nabirasi Veliya hamrohligida 13 iyunda italyan tili bo‘yicha birinchi bitiruv imtihonini topshirgani maktabga keldi. Yaqin kunlarda u matematika va boshqa fanlardan imtihon topshirishi kerak.

Top