15:37 / 14.06.2016
4730

Norvegiya havo hududi qisman yopildi

Norvegiyada havo kengligi qisman yopiq, deb xabar beradi o‘z tvitterida mamlakatdagi ko‘plab fuqarolik aeroportlarini boshqaruvchi Avinor korporatsiyasi. 

"Texnik muammolar sababli g‘arbiy Norvegiyaning havo kengligi yopildi. Bu uzilishlarga olib keladi, biz vaziyatni to‘g‘irlash ustida ishlamoqdamiz", - deyiladi korporatsiya xabarida. 

Avinor'ning ma'lum qilishicha, reyslar ushlanib qolishi ehtimoli bor, lekin bu nosozliklar qachongacha davom etishi haqida aniq xabar yo‘q. 

Eurocontrol agentligi g‘arbiy Norvegiya havo kengliklarining radar bilan muammo yuzaga kelgani tufayli yopilgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.

Top